"Manchester Yunayted" Ronaldusiz APLning biror o'yinida g'alaba qozonolmagan

Оқил Абдубарноев
23 may 2022
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer-ligasining so'nggi mavsumida "Manchester Yunayted"ning asosiy quroli bo'ldi.

ESPN xabariga ko'ra, mankunianliklar Ronaldusiz APLda biror marta ham g'alaba qozonmagan.

Chempionatning oxirgi uchrashuvida “qizil iblislar” “Kristal Pelas”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, turnir jadvalida bor-yo'g'i oltinchi o'rinni egalladi. Krishtianu ushbu uchrashuvda ishtirok etmadi.

37 yoshli forvard o'tgan mavsumda APLda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan. Uning klub bilan shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN