"Manchester Yunayted" Ronalduning qaytishini kutmoqda, futbolchi sotilmaydi

Оқил Абдубарноев
10 iyul 2022, 22:26
"Manchester Yunayted" Krishtianu Ronalduning tez orada jamoaga qo'shilishidan umidvor bo'lmoqda.

Avvalroq 37 yoshli portugaliyalik forvard "Manchester Yunayted" bilan mavsumoldi turnega bormagani, klub unga oilaviy muammolarni hal qilish uchun vaqt bergani ma'lum bo'lgandi.

MYU Ronalduni mavsumoldi Tailand va Avstraliya safarida yoki undan keyin jamoaga qo'shilishini kutmoqda.

Klub poziciyasi o'zgarmagani takidlanmoqda - Krishtianu sotilmaydi. "Manchester Yunayted" hujumchi shartnomasining qolgan yili yakunlanishini kutmoqda.

"Manchester Yunayted" futbolchining oilaviy sabablarga ko'ra safda yo'qligini ma'lum qilishda davom etmoqda, klub vaziyatdan xabardor va bu sababni to'g'ri qabul qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports