

Buni Ispaniyaning "Marca" nashri tasdiqladi. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, mankunianliklar yanvarda boshqa transfer amalga oshirishmaydi, yozda esa markaziy yarim himoya va himoyaga o'yinchi olinadi. MYU ustozi Joze Mourinyo "Arsenal"dan Aleksis Sanches sotib olinayotgani sabab portugaliyalik yulduzni xarid qilishni rad etdi.
Shuni qo'shimcha qilamizki, qator ma'lumotlarga ko'ra, Sanches "qizil iblislar" tarkibida oldin Ronaldu o'ynagan 7-raqamda o'ynaydi.



