"Manchester Yunayted" "Roma"dan 28 mln evro talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
30 mar 2020
"Roma" hali ham "Manchester Yunayted"ga tegishli himoyachi Kris Smollingni sotib olish niyatida bo'lib yuribdi.

"Corriere della Sera" xabariga ko'ra, 30 yoshli angliyalik himoyachi uchun mankunianliklar 28 mln evro so'ramoqda. Biroq rim klubi narxni tushirishga harakat qilmoqda.

Oldinroq MYU futbolchisi uchun 20 mln evro talab qilayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Biroq uning "Roma"da ko'rsatgan o'yini narxni ko'tarib yubordi.

Smollingning MYU bilan 2022 yilga qadar imzolagan shartnomasida tovon puli ko'rsatilmagan. U Rimda qolishni va "Roma" sharafini himoya qilishni istamoqda. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere della Sera