"Manchester Yunayted" rahbariyati Joze Mourinyoning qaroriga qarshi chiqdi va...

Mirjalol Normatov
30 avg 2018, 23:25
"Manchester Yunayted" rahbarlari Antoni Marsyalni qo'yib yubormoqchi emas.

"The Guardian" nashri xabariga ko'ra, rahbariyat Mourinyoning qaroriga qarshi chiqib, futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qilgan. Bu esa portugaliyalikning etiroziga sabab bo'lgan va munozaraga olib kelgan.

Oldinroq futbolchi o'yin amaliyoti berilmayotganligi sababli, jamoadan ketishga tayyorligi borasida ma'lumotlar tarqagandi. Ammo transferlar oynasi ertaga yopiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian