"Manchester Yunayted" portugaliyalik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda

Mirjalol Normatov
20 fev 2022, 14:16
"Manchester Yunayted" rahbariyati portugaliyalik himoyachi Diogu Dalot bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

"Daily Star" xabariga ko'ra, tomonlar shartnomada ko'rsatilgan bir yilga uzaytirish bandini faollashtirish niyatida. Dalotning MYU bilan shartnomasi 2023 yil iyuniga qadar davom etadi.

Ushbu mavsumda Dalot MYU tarkibida barcha turnirlarda 20 o'yinda ishtirok etdi. U 2018 yili "Portu"dan transfer qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star