"Manchester Yunayted" Pogbaga o'rinbosar topdi

Alisher
6 dek 2021, 11:47
"Manchester Yunayted" fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogbaga o'rinbosar topish bo'yicha ishlamoqda.

Klub shartnomasi yakunlanayotgan o'yinchiga bir necha marta hamkorlikni uzaytirishni taklif etdi, ammo xavbek hali qaror qabul qilmadi.

Manchesterliklar shu sabab unga o'rinbosar izlashni boshlab yuborishdi. "Qizil iblislar" "Aston Villa" futbolchisi Jon Makginnga e'tiborlarini qaratishdi. "Sherlar" o'yinchilarini "Old Trafford"ga agar 59 mln evro to'lansa, qo'yib yuborishga tayyorlar.

27 yoshli shotlandiyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun