"Manchester Yunayted" Onanaga Braziliyadan raqobatchi topdi

Alisher
15 dek 2024
"Manchester Yunayted" "Botafogo" darvozaboni Jon Viktorga qiziqmoqda.

Angliya klubi Andre Onananing raqobatchisi bilan shartnoma imzolash kamerunlik darvozabonning o'yiniga ijobiy ta’sir ko'rsatadi deb hisoblamoqda. Viktorning "Botafogo" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt braziliyalikni 7 mln evroga baholamoqda.

Jon Viktor "Botafogo" safida 51ta o'yin o'tkazib, 41ta to'p o'tkazib yubordi va 22 bor "quruq" bahs o'tkazdi. Darvozabon Rio-de-Janeyro klubiga Braziliyada chempionlikka erishishga, shuningdek Libertadores kubogida g'olib chiqishga yordam berdi.


AlisherMuallif
Manba: footballinsider247.com