"Manchester Yunayted" Lukaku uchun qancha pul to'lagani ma'lum bo'ldi
Narzulla Saydullayev
10 iyul 2017, 21:23
"Everton" klubi hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi haqida xabar berilgandi.
Bugun "Manchester Yunayted" belgiyalik futbolchi bilan besh yillik shartnoma tuzilganini rasman e'lon qildi. Lukaku uchun "Everton" 75 million funt sterling oladi. Bu pul bonuslar bilan 90 millionga yetishi mumkin.