"Manchester Yunayted" "Liverpul" yulduzini safiga og'dirib olishga tayyor

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026, 16:59
"Manchester Yunayted" tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

"Manchester Evening News"ning xabar berishicha, "qizil iblislar" radarida "Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister bor.

Manbaga ko'ra, MYU egasi Jim Retkliff agar futbolchi transfer bozorida mavjud bo'lib qolsa, Mak Allisterni o'z tomoniga og'dirib olishga tayyor. Biroq bunday o'tish ehtimoli kamroq.

Hozircha Mak Allister yozda "Liverpul"ni tark etish-etmasligi noma'lum, ammo argentinalik futbolchi faoliyatining qaysidir bosqichida Ispaniyada o'zini sinab ko'rishni xohlaydi.

Transfermarkt portali 27 yoshli jahon chempioni Aleksis Mak Allisterni 85 mln evro deb baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News