"Manchester Yunayted" "Leyptsig" himoyachisini nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2023
"Qizil iblislar" skautlari Kastello Lyukebani kuzatib borishmoqda.

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Germaniyaning "Leyptsig" jamoasi markaziy himoyachisi Kastello Lyukebaga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Bild".

"Qizil iblislar" skautlari anchadan buyon 20 yoshli fransiyalik futbolchining o'yinlarini kuzatib borishmoqda. Biroq bu transferni amalga oshirish qiyin bo'lishi mumkin, chunki Lyukeba shu yozda Angliyaning "Manchester Siti" klubiga jo'nab ketgan Yoshko Gvardiola o'rniga Fransiyaning "Lion"idan "Leyptsig"ga o'tgandi. Lyukeba bilan kelishuv 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Kastello Lyukeba joriy mavsum "Leyptsig" safida 16 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild