"Manchester Yunayted" La Ligadagi forvard bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
9 iyun 2024, 17:14
"Manchester Yunayted" "Sevilya" forvardi Yussuf En Nesiri bilan shartnoma imzolamoqchi.

Jurnalist Rudi Galettining xabariga ko'ra, "qizil iblislar" 27 yoshli En Nesiri uchun 15-20 million evro taklif qiladi. Forvardning o'zi bu transferga rozi.

Futbolchi joriy mavsum "Sevilya" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va uchta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti