"Manchester Yunayted" ikki futbolchisini Dubayga yubordi

Alisher
23 okt 2019, 12:35
MYU jamoa o'yinchilari Nemanya Matich va Lyuk Shoularni Osiyoga yubordi.

Futbolchilar Birlashgan Arab Amirliklarida jarohatdan tiklanish bilan shug'ullanishadi.

Matich va Shoular Pol Pogba singari bu yerdagi iliq iqlimda mashg'ulotlarni boshlab yuborishadi.

Eslatib o'tamiz, Shou 2014 yilda "Sautgempton"dan, Matich esa 2017 yilda "Chelsi"dan "qizil iblislar" tarkibiga o'tishgan edi.

"Manchester Yunayted" ertaga Yevropa Ligasi 3-tur doirasidagi "Partizan"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:55da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports