"Manchester Yunayted" himoyachisini sotish fikridan qaytdi

Sherzod Nurmatov
27 apr 2023, 11:56
Yaqin vaqtgacha uning jamoadagi kelajagi so'roq ostida turgandi.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hagga o'ng qanot himoyachisi Aaron Uan-Bissakaning o'yinlari manzur kelmoqda, deya xabar berdi insayder Fabricio Romano. 25 yoshli futbolchi Jahon chempionatidagi tanaffusdan so'ng o'zini ko'rsatdi.

"Manchester Yunayted" hali ham Uan-Bissaka bo'yicha takliflarga ochiq, ammo transferga faqat katta summa evaziga rozi bo'ladi. Yanvar oyida Aaron sotilishi mumkin bo'lgan nomzodlar orasida yetakchi bo'lib turgandi.

Aaron Uan-Bissaka 2019 yilning yozida 55 million evro evaziga "Kristal Pelas"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano