"Manchester Yunayted" Gvardiolaga yangi taklif yubordi

Aslanov Jasurbek
14 dek 2015, 16:41
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan muzokaralarni davom ettiryapti.

Ma'lum bo'lishicha, MYU bosh murabbiyi Lui van Gal muvaffaqiyatsizliklari uchun 2016 yilning yozida klubni tark etadi. Oldinroq gollandiyalik murabbiy oldiga jamoani Chempionlar ligasi finaliga olib chiqish yoki Angliya Premer-ligasida chempion qilish vazifasi qo'yilgan edi.

Klubga yaqin manbalar xabarlariga ko'ra, "Yunayted" Gvardiola bilan muzokaralarni tezlashtirib, unga yangi taklif yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN FC