"Manchester Yunayted" Grinvud bilan shartnomani uzaytirish niyatida

Alisher
25 iyul 2019, 17:54
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Grinvud klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

"Qizil iblislar" rahbariyati 17 yoshli xavbekni uzoq muddatli shartnoma bilan mukofotlamoqchi.

Grinvudning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasiga muvofiq u haftasiga 800 funt maosh oladi. Ammo klub yuqori maoshli yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher Grinvudning mavsumoldi harakatlaridan qoniqish hosil qilmoqda va norvegiyalik mutaxassis uni kelasi mavsum bosh jamoaga kiritishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Grinvud Angliyaning 18 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida o'ynab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun