"Manchester Yunayted" Eriksenga 50 million evro to'laydi

Aziz Tukhtamuradov
6 sen 2022, 08:34
"Manchester Yunayted" daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksenni qanday shartlar asosida o'z tarkibiga qo'shib olgani haqida ma'lumotlar tarqaldi.

Football Insider'ning ma'lum qilishicha, futbolchi uch yillik shartnoma bo'yicha yiliga 11,6 million evro maosh oladi. Unga shuningdek shartnoma imzolagani uchun 14 million evro bonus ham berishgan. 

MYU futbolchi uchun raqobatda g'olib chiqish uchun yaxshigina summa taklif qilgan. Ushbu mavsumda Eriksen uchun "Brentford" (u o'tgan mavsumning ikkinchi qismini shu jamoada o'tkazgandi) va sobiq klubi "Tottenxem" da'vogarlik qilgandi. Ushbu klublar futbolchiga MYU kabi qiziqarli taklif bera olmaganlar.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Insider