"Manchester Yunayted" De Ligt uchun kurashadi

Mirjalol Normatov
4 fev 2022, 23:46
"Manchester Yunayted"ga "Yuventus" himoyachisi Matteys De Ligt kerak.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, Angliya klubi futbolchi uchun "Barselona" hamda "Bavariya" bilan kurashishga tayyor. Klub yozda himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida.

Oldinroq "Barselona" Ronald Arauxoning o'rniga futbolchi izlayotgani borasida ma'lumotlar tarqalgandi.

Matteysning "Yuventus" bilan kelishuvi 2024 yil yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato