

Uchrashuvning birinchi bo'limi tarixiy bo'ldi. APLda birinchi marta o'yinning bir yarmida uchta noyob hodisa qayd etildi: ikki yoki undan ortiq gol urildi, ikki yoki undan ortiq qizil kartochka ko'rsatildi va ikki yoki undan ortiq o'zgarish sodir bo'ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, birinchi bo'limdagi gollarga Brunu Fernandesh va Kazemiro mualliflik qildi. Kazemiro va Roberto Sanches birinchi bo'limning o'zida chetlatildi. Shuningdek, London jamoasida birinchi bo'limning o'zida uchta o'zgarish sodir etildi.



