"Manchester Yunayted" Bundesligada ishlayotgan murabbiyni kuzatmoqda. U avvalroq "Chelsi" short-listida bo'lgan

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2026, 16:07
"Manchester Yunayted" rahbariyatining barcha say-harakatlari Maykl Kerrikning doimiy o'rinbosarini topishga qaratilgan.

Ser Jim Retkliff va uning jamoasi e'tiborini Germaniya chempionati vakiliga qaratdi.

Rudi Galettining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" Dortmundning "Borussiya" jamoasi bosh murabbiyi Niko Kovachni yaqindan kuzatib bormoqda. U "asalarilar" bilan tuzgan shartnomasiga ko'ra, 2027 yilning yozigacha klub bilan bog'langan.

MYU hozircha faqat kuzatuv bilan band, klub bahorga qadar hech qanday nomzod bilan rasmiy muzokara boshlashni rejalashtirmayapti, chunki "Old Trafford"da yangi murabbiy bilan qanday loyiha qurilishi aniq belgilab olinishi kerak.

Qayd etilishicha, Kovach avvalroq "Chelsi" Enco Mareskaga o'rinbosar qidirgan paytda ham short-listdan joy olgandi. Biroq yakunda nemis murabbiy emas, balki angliyalik Liam Rosenor tanlangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun