"Manchester Yunayted" besh yildan beri "Enfild"da "Liverpul"ga gol ura olmaydi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2023, 19:30
"Manchester Yunayted" 2018 yildan beri mehmonda "Liverpul" darvozasiga yo'l topa olmagan.

"Qizil iblislar" so'nggi bor 2018 yilning dekabrida mehmonda mersisaydliklarga gol urishgan, o'sha o'yin Yurgen Klopp jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan. Shundan keyin "Enfild"da bo'lib o'tgan o'yinlar "Liverpul"ning quruq g'alabalari (2:0, 4:0, 7:0) bilan yakunlangan yoki nursiz duranglar bilan.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" bugun o'z maydonida APL 17-tur doirasida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia