"Manchester Yunayted" "Barselona" bilan Ivan Rakitich borasida muzokaralar o'tkazmoqda

Alisher
22 may 2019, 13:56
MYU "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich masalasida kataloniyaliklar bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Ko'k-anorranglilar" xorvatiyalik futbolchini 55 million evroga sotishga tayyorlar. "Barselona" bu pulni tarkibni mustahkamlashga sarflaydi.

Shaxsan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher Rakitichni o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda.

Eslatib o'tamiz, Xorvatiya terma jamoasi a'zosi Ivan Rakitich joriy mavsum La Ligada 34ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assistni amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Record