"Manchester Yunayted" "Ayntraxt" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
6 may 2022, 13:23
"Manchester Yunayted" Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi himoyachisi Evan N’Dika uchun kurashga qo'shildi.

Futbolchiga shuningdek "Nyukasl" klubi ham befarq emas. Ammo, uning amaldagi shartnomasi kelasi mavsumning so'nggida yakuniga etadi va nemis klubi futbolchining sotuvini tahlil qilishga tayyor.

"Manchester Yunayted" o'z navbatida yozda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda va N’Dikaga mudofaa chizig'ida raqobatni kuchaytira oladigan o'yinchi sifatida qaramoqda.

Himoyachi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: si.com