"Manchester Yunayted" "Ayaks"ga Martines borasida yangi taklif berdi

Alisher
8 iyul 2022
"Manchester Yunayted" "Ayaks"ga himoyachi Lisandro Martines borasida yaxshilangan taklif jo'natdi.

Angliya klubi 24 yoshli argentinalik uchun amstyerdamliklarga 50 million evro taklif qildi. MYU ushbu narx "Ayaks" talablariga mos kelishiga ishonchi komil va bitimni yaqin vaqtlarda yakunlashni kutmoqda.

Lisandro o'tgan mavsum "Ayaks" tarkibida barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Himoyachining Amstyerdam klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: 90min.com