"Manchester Yunayted" "Arsenal" yulduzi uchun kurashmoqchi

Aslanov Jasurbek
3 okt 2017, 15:49
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozilga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Nemis futbolchisining "to'pchilar" bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi. Shu munosabat bilan mankunianlar 28 yoshli futbolchi borasida "Arsenal"ga taklif yubormoqchi.

Oldinroq, London klubi rahbariyati haftasiga 350 ming funt maosh talab qilayotgan futbolchini sotishga tayyor ekanligi ma'lum qilingan edi. "Qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyo Ozilni o'z ko'ndirishga ishonchi komil. Ular "Real"da birga ishlashgan.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Mesut Ozilning hozirgi transfer narxi 50 mln. evro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent