"Manchester Yunayted" - APLda ketma-ket to'rt o'yinda yirik hisobda g'alabaga erishgan ilk jamoa

Mirjalol Normatov
10 iyul 2020, 02:17
Bugun "Manchester Yunayted" APLning 34-turi doirasida "Aston Villa" maydonida yirik hisobdagi g'alaba qayd etdi.

"Bleacher Report" xabariga ko'ra, shu orqali jamoa APLda ketma-ket to'rt o'yinda yirik hisobda g'alabaga erishgan ilk jamoaga aylandi.

Bunga qadar mankunianliklar "Sheffild" (3:0), "Brayton" (3:0) va "Bornmut" (5:2) kabi jamoalarni ham yirik hisobda taslim qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BR