"Betis" Antoni maoshining katta qismini to'laydi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2025, 22:16
Antoni maoshining katta qismini "Betis" to'laydi.

Bugun "Manchester Yunayted"ga tegishli vinger Ispaniyaga yetib boradi va klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, LaLiga klubi futbolchining 84 foiz maoshini va mukofot pullarini to'laydi. Maoshning qolgan 16 foizini "Manchester Yunayted" to'lab boradi.

Antoni "Manchester Yunayted"ga 2022 yil yozida 95 mln evro evaziga transfer qilingan va shu vaqtdan boshlab u jamoasi tarkibida 96 o'yinda qatnashib, 12 gol va 5 assist qayd etdi.

Ma'lumot uchun, Antonining yillik maoshi 10,4 mln funtni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano