“Manchester Yunayted” Antoni Marsyalni “Tottenxem”ga qo'yib yubormaydi

30 iyun 2018, 08:50
Ma'lumki, MYU “Tottenxem” himoyachisi Tobi Alderveyreld bilan shartnoma imzolashni istamoqda.

“Shporlar” esa o'z navbatida himoyachisi uchun manchesterliklardan fransiyalik Antoni Marsyalni olishga qarshi emas. Ammo MYU rahbariyati Antonini London klubiga berib qo'ymoqchi emas. Fransiyalik yarim himoyachi klubdagi holatidan norozi, shu boisdan ham MYUni tark etmoqchi. Uning xizmatlariga ayni damda “Yuventus” ham jiddiy qiziqish bilan qaramoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: MEN