"Manchester Yunayted" 34 yoshli Godinga qiziqmoqda

Alisher
21 mar 2020
"Inter" himoyachisi Diego Godin faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Manchester Yunayted" 34 yoshli urugvaylik futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

O'tgan yozda "qizillar" himoyachiga qiziqish bildirishgan edi, ammo u "Inter"ga o'tishga qaror qilgan.

Godin joriy mavsum "Inter" libosida A Seriyada 16ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Diego Godin "Atletiko"da 2010-2019 yillar davomida o'ynaganidan so'ng milanliklar tarkibiga o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Corriere Dello Sport