"Manchester Yunayted" 1996 yilda Kantonani xafa qilmaslik uchun Zidanni xarid qilmagan ekan

Aslanov Jasurbek
8 sen 2017, 18:14
"Manchester Yunayted" 1996 yilda Zinedin Zidanni xarid qilmoqchi bo'lgan, biroq fransiyalik "Yuventus" futbolchisiga aylangan.

Bu haqda mankunianlarning sobiq raisi Martin Edvards aytib berdi.

"Zidan va Erik bir poziciyada o'ynar edi va Fergyuson Zidan chaqirilsa, Erik xafa bo'lishini his qilgan. Ortga qarab afsuslanaman, chunki Kantona bir yildan so'ng faoliyatini yakunladi, Zidan esa yoshroq edi va o'ynashda davom etardi" - deydi Edvards.

1996 yilda Zinedin Zidan "Yuventus"ga o'tadi, 5 yildan so'ng "Real" uni o'z safiga qo'shib oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС Radio 5 Livе