Stadion "Old Trafford", Manchester.
Turnir: Angliya Liga Kubogi 1/16 final
Chorshanba, 25 sentyabr 2013 yil
Boshlanish vaqti: 23:45 (Toshkent vaqti)
Bosh xakam: Mark Klattenburg.
Qanot xakamlari: Saymon Bek, Stiv Chayld.
Zaxira xakami: Li Probert.
O'YIN OLDI MA'LUMOTLARI
"Manchester Yunayted"
"Qizil iblislar" tarkibida hali hamon Rafael va Jons jarohatdan qutilganicha yo'q. Robin van Persining maydonga tushishi esa so'roq ostida. Moyes qanotlarda Nani hamda Uilfrid Zahaga ishonch bildirmoqda.
Chetlatish: Yo'q
Jarohat olganlar: Rafael, Jons.
Maydonga tushishi so'roq ostida: Van Persi.
"Liverpul"
Urugvay terma jamoasi a'zosi Luis Surares himoyachi Branislav Ivanovichni tishlab olgani uchun 10 ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilingan edi. Hujumchi diskvalifikaciya uchrashuvlarini o'tab bo'ldi. Murabbiyning fikricha o'yinchi maydonga qaytishga tayyor ekan.
Chetlatish: Yo'q
Jarohatlanganlar: Jonson, Sissoko, Koutino, Allen, Koates.
Maydonga tushishi so'roq ostida: Agger.
JAMOALAR HOLATI
"Manchester Yunayted"
Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha turnirlarda) +
To'purar: Van Persi 6 gol (3 ta Ligada)
"Manchester Yunayted" 5 - turda Manchester derbisida "Siti"dan 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchraganidan keyin 7 ochko bilan Premer-liganing turnir jadvalida 8-o'rinda bormoqda.
"Yunayted" o'zi ishtirok etgan barcha turnirlarning so'nggi 6 uchrashuvida 3 g'alaba, 1 durang va 2 marotaba mag'lubiyatga uchragan.
Ueyn Runi barcha turnirlar doirasida uyda "Liverpul"ga qarshi oxirgi 3 uchrashuvda, 3 ta gol urgan.
"Manchester Yunayted" Liga kubogini beshinchi bor yutib olishga harakat qilib ko'radi. Bungacha ular 1992, 2006, 2009 va 2010 yillarda bu sovrinni qo'lga kiritgan.
"Qizil iblislar" Liga kubogida 8 bor finalda ishtirok etganlar. Ularning faqatgina 4 tasida g'alaba qozona olganlar.
"Old Trafford"da bo'lib o'tgan Liga kubogining so'nggi 10 uchrashuvida mezbonlar 1 bor mag'lubiyatga uchraganlar va 9 bora g'alaba qozonganlar.
O'tgan mavsumda "Yunayted" o'z yurishlarini Liga kubogining 4-bosqichida yakunlashga majbur bo'lgan. O'shanda klub safarda qo'shimcha daqiqalarga qadar davom etgan o'yinda "Chelsi"dan 5:4 hisobida mag'lub bo'lgan.

To'purar: Starrij 6 gol (4 ta Ligada)
"Liverpul" 5 uchrashuvda 10 ochko jamg'argan va Premer-liganing 5 pog'onasida bormoqda. Ular so'nggi turda "Sautgempton" klubidan o'z uylarida 0:1 xisobida mag'lubiyatga uchraganlar.
"Liverpul" o'zining safarda o'tkazgan so'nggi 6 uchrashuvida biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan. 4 g'alaba, 2 durang.
Daniel Starridj "Yunayted"ga qarshi 2 uchrashuvda 2 bor gol urgan.
"Liverpul" Liga kubogida 8 bor g'alaba qozongan. Ular 1981, 1982, 1983, 1984, 1995, 2001, 2003, 2012 yillarda qayd etilgan. Shuningdek uch bor finalda mag'lub bo'lganlar.
Mersisaydliklar Liga kubogining safardagi oxirgi 6 uchrashuvida o'z darvozalaridan 4 ta to'p olib chiqgan holda, bari bir g'alaba qozonganlar.
O'tgan mavsumda "Liverpul" Liga kubogining 4-bosqichida, kubokning bo'lg'usi sohibi "Suonsi" klubiga 1:3 xisobida mag'lubiyatga uchrashgan.
JAMOALAR O'RTASIDAGI UCHRASHUVLAR
Jamoalar o'zaro barcha musoboqalarda 188 marotaba to'qnash kelishgan. "Liverpul" 63 uchrashuvda g'alaba qozongan bo'lsa, "Yunayted" 74 uchrashuvda g'alabani qo'lga kiritgan. 51 uchrashuvda kuchlar teng kelgan.
Liga kubogida jamoalar o'zaro to'rt bora to'qnash kelishgan. "Liverpul" 1983 (2:1), 2003 (3:1) yillarda finalda "Manchester Yunayted" ustidan g'alaba qozongan va 1985-yilda (2:1) Liga kubogining 4-bosqichida ham ustun kelgan. "Yunayted" esa "Old Trafford" o'yingohida 1990-yilda Liga kubogining 3-bosqichida g'alabaga erishgan (3:1).
"Old Trafford"da o'tgan barcha turnirlardagi so'nggi 5 uchrashuvda "Yunayted" g'alaba qozongan.
"Qizil iblislar" o'z maydonlarida "Liverpul"ga so'nggi bora 2009 yilning mart oyida Premer-ligada (1:4) imkoniyatni boy bergan edilar.
JAMOALARNING LIGA KUBOGIDAGI SO'NGGI UCHRASHUVI
"Liverpul" - "Manchester Yunayted" 2:0
Sana: 2-mart 2003 yil
Turnir: Liga kubogi, Final.
Xakam: Pol Darkin
Gollar: Jerarrd 39, Ouen 86.