“Manchester Yunayted” Koke uchun 30 million funt berishga tayyor

26 dek 2013, 15:48
“Manchester Yunayted” klubi “Atletiko”ga yarim himoyachi Koke bo'yicha transfer taklifini tayyorlamoqda.

“MYU” 21 yoshli futbolchi uchun 30 million funt berishga tayyor, deb xabar beradi "The Mirror".

Devid Moyesning shaxsan o'zi “Atletiko”ning bir nechta o'yinini bevosita kuzatgan va futbolchining o'yinidan qoniqqan. Ispaniyalik futbolchi inglizlarning asosiy transfer nishonlaridan biri bo'ladi. Avval berilgan xabarlarda Kokega "Bavariya", "Arsenal" va "Liverpul" klublari qiziqayotgani aytilgan edi.


Manba: football.kulichki.net