Manchester Yunayted 52 yillik antirekordni takrorladi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2014, 08:14
APL doirasida Old Trafforddagi oxirgi ikki o'yinda Manchester Yunayted Liverpul (0:3) va Manchester Sitidan (0:3) yirik hisobda mag'lub bo'ldi.
Bunday holat so'nggi bor 1962 yilda sodir bo'lgandi. O'sha yili mankunianliklar Bernli (2:5) va Blekbern (0:3)ga yutqazib qo'yishgandi.

Eslatib o'tamiz, MYU 51 yil ichida amaldagi chempion bo'lib turib 6 bor o'z uyida engilgan birinchi jamoa bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru