
Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" ijrochi direktori Ed Vudvord va "Bavariya" texnik direktori Mixael Reshke ayni damda argentinalik borasida muzokara olib borishyapti. Inglizlar 50 mln. evro evaziga futbolchini sotishga tayyorligini bildirdi. Ammo "Bavariya" bu mablag'ga rozi bo'lmasligi mumkin.