

"Shaharliklar" yozdagi asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi. Ular "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Andersonni sotib olishni reja qilgan. "Nottingem" Angliya terma jamoasi himoyachini 120 million funtga sotishni reja qilishgan. "Manchester Siti" esa futbolchining transferiga 80-100 million atrofida pul ajratmoqchi.
Ma'lumot uchun, Andersonning "Nottingem" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi. Yarim himoyachi joriy mavsum APLda 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 tadan gol va assist bor. Transfermarkt nashri 22 yoshli futbolchini 45 million evroga baholagan.



