"Manchester Siti"ning yana ikki futbolchisi koronavirusga chalindi

Alisher
6 yanv 2021, 18:44
"Manchester Siti" koronavirus bilan bog'liq yangi holatlar haqida ma'lumot berdi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, darvozabon Skott Karson va yarim himoyachi Koul Palmer musbat test topshirgan. Uchinchi kasallangan ismi aytilmayotgan klub xodimidir.

"Manchester Siti"da o'tgan hafta ham kasallanish holatlari ro'y bergandi. Shu sabab Xosep Gvariola jamoasining "Everton"ga qarshi o'yini ko'chirilgan edi.

Bugun, yani 6 yanvar kuni "Manchester Siti" Angliya liga Kubogi yarim finali doirasida "Old Trafford"da "Manchester Yunayted" bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com