"Manchester Siti"ga kutilmagan raqobatchi: yanvarda transfer uchun eng ko'p xarajat qilgan klublar e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
5 fev 2026, 13:31
"Manchester Siti" yanvar oyida transferlar uchun 95 mln evro sarfladi.

Bu barcha futbol klublari orasida eng katta ko'rsatkich ekani Transfermarkt tomonidan ma'lum qilindi.

Ikkinchi o'rinda kutilmagan holda "Kristal Pelas" joy oldi - "burgutlar" "shaharliklar"dan atigi 5 mln evro kam sarf qildi. Uchlikni Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi (67 mln evro) yakunladi.

Yanvar oyidagi transfer xarajatlari bo'yicha top-5 likka Londonning ikki klubi ham kirdi: "Vest Xem" - 56 mln evro, "Tottenxem" - 55 mln evro.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfermarkt