"Manchester Siti" yulduzi o'z xizmatlarini "Barselona"ga taklif qildi

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2025, 19:52
"Shaharliklar" vingeri Jeremi Doku "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi.

22 yoshli futbolchi ushbu mavsum Xosep Gvardiola jamoasida har doim ham asosiy tarkibga kiritilmadi. "Diario Sport" xabariga ko'ra, belgiyalik futbolchi "Barselona"da 6 oy ijarada o'ynashga tayyor. La Liga grandi bu imkoniyatni ko'rib chiqmoqda.

Jeremi Doku joriy mavsum "shaharliklar" tarkibida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 60 mln evroga teng. Uning "Manchester Siti" bilan bitimi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport