"Manchester Siti" va PSJ "Barselona"ning yulduz futbolchisiga da'vogar

Aslanov Jasurbek
24 apr 2018, 17:30
"Manchester Siti" va PSJ yozda Xitoy klubiga o'tishi kutilayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Andres Inestaga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Inestani "Manchester Siti"ga taklif qilish fikri futbolchi bilan yaxshi tanish bo'lgan Xosep Gvardioladan chiqqan. PSJ ham vaziyatni kuzatmoqda.

Oldinroq, 33 yoshli yarim himoyachi yozda Xitoy klublaridan biriga o'tishi e'lon qilingan edi.

Joriy mavsum futbolchi LaLiganing 25ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS