Manchester Siti va Atletiko Demichelis bo'yicha kelishuvga erishdi

28 avg 2013, 10:28
"Manchester Siti" hamda "Atletiko" markaziy himoyachisi Martin Demichelis transfer narxi bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Manchesterliklar 32 yoshlik argentinalik futbolchi uchun 4,1 million evro to'laydigan bo'ldi, deya xabar bermoqda Goal.com.

Endi "shaxarliklar" Demichelis maoshi borasida bir to'xtamga kelishlari qoldi xolos. Bu boradagi kelishuvlar bugun amalga oshiriladi. 

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegriniga bu himoyachi "Malaga"dagi hamkorlik orqali juda yaxshi tanish.


Manba: sports.ru