"Manchester Siti" Sterling bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
23 may 2021, 12:57
"Manchester Siti"dagilar vinger Rahim Sterlingga yangi shartnoma tayyorlamoqda.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, "shaharliklar" 26 yoshli futbolchiga 5 yilga mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda. Garchi ushbu mavsum asosiy tarkibda kam maydonga tushgan bo'lsa-da, murabbiylar shtabi unga ishonishini rahbariyatga ma'lum qilgan.

Sterlingning amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. Ushbu mavsumda u APLning 30 o'yinida 10 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph