"Manchestyer Siti" sobiq sardori og'ir xastalikka chalindi

Sherzod Nurmatov
6 mar 2026, 19:52
1998–2002 yillarda "shaharliklar" sharafini himoya qilgan markaziy himoyachi Endi Morrison juda qayg'uli xabar bilan bo'lishdi.

Shotlandiyalik futbolchi X ijtimoiy tarmog'ida o'zida kam uchraydigan va og'ir kasallik - Ramsey Xant sindromi aniqlanganini bildirdi:

"Qisqacha yangilik: menga ko'p xabarlar kelyapti, chunki ma'lumot tarqalib ketdi. 9 kun oldin menga tashxis qo'yildi - Ramsey Xant sindromi falaji. Bu virus sabab miyadagi bosh suyagi nyervining shikastlanishidir.

Tiklanish 6-8 hafta davom etishi mumkin, balki 1 yildan ham ko'proqqa cho'zilar. Ammo to'liq sog'ayish ehtimoli 70%. Men buni engaman. Bugun to'qqizinchi kun - ehtimol, eng og'iri. Faqat holatim haqida yangilik byerishni istadim - har ikki haftada bir marta aloqaga chiqib, ahvolimni aytib boraman. Tinglaganingiz uchun rahmat".

Tezroq sog'ayib ketish tilaklariga "Manchestyer Siti" ham qo'shilib, unga har bir qadamda yordam byerishini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/AndyMorri5on