"Manchester Siti" sobiq darvozaboni faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

10 yanv 2020, 22:30
"Byornli" klubi darvozaboni Jo Xart MLSna yo'l olishi mumkin.

"The Athletic" nashri xabariga ko'ra, 32 yoshli angliyalik darvozabonga "Minnesota Yunayted" klubi da'vogarlik qilmoqda. Avvalroq Xartga "Inter Mayami" jamoasidan ham qiziqish bo'layotgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o'tamiz, Jo Xart 2006-2018 yillarda huquqiy jihatdan "Manchester Siti" klubiga tegishli bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic