“Manchester Siti” rahbarlari Xitoy klubini sotib oldi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2019
“Manchester Siti” jamoasiga tegishli bo'lgan City Football Group kompaniyasi Xitoyning "Sichuan Czyunyu" klubini sotib olganini e'lon qildi.

Uchinchi divizion vakili bo'lgan jamoa Chendu shahrida joylashgan bo'lib, 27 ming tomoshabinga mo'ljallangan arenaga ega.

Shu tariqa "Sichuan Czyunyu" City Football Group kompaniyasi tomonidan sotib olingan ettinchi jamoaga aylandi. Kompaniya “Manchester Siti” (Angliya) bilan birgalikda “Nyu-York Siti” (AQSH), “Melburn Siti” (Avstraliya), “Yokogama Marinos” (Yaponiya), “Atletiko Torke” (Urugvay) va “Jirona” (Ispaniya) klublarining ham egasi hisoblanadi.

Ma'lumot o'rnida, City Football Group Chendu shahri klubini UBTECH va China Sports Capital bilan hamkorlikda qo'lga kiritgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/ManCity