“Manchester Siti” o'yinchisi jarohat oldi

20 yanv 2018, 09:00
Jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola Fabian Delf jarohat olganini tasdiqladi.

O'yinchi “Nyukasl” bilan bo'ladigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Pep Fabianning qancha muddatga safdan chiqqani haqida ma'lumot bermadi.

Ma'lumot uchun Delfning asl poziciyasi yarim himoyachi, ammo u chap qanot himoyasida jarohat olgan Benjamin Mendi o'rnida harakat qilib kelayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun