"Manchester Siti" Messi uchun 200 million evro berishga tayyor

Narzulla Saydullayev
6 mar 2014, 17:56
"Barselona" hujumchisi Leonel Messini sotib olish uchun Angliyaning "Manchester Siti" klubi 200 million evro taklif qilmoqchi, deya xabar bermoqda El Confidencial.
"Siti" xo'jayinlari futbol yulduzining otasi bilan bu borada suhbatlashishgan.

Ayni vaqtda "Siti" murabbiylar shtabida Messiga yaxshi tanish bo'lgan Chiki Begiristayn va Ferran Soriano ish olib bormoqda. Manbada aytilishicha, Messi "Barsa"da o'zini avvalgi yillardagidek his etmayapti va "shaharliklar" taklifini ko'rib chiqishi mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru