"Manchester Siti" - "Manchester Yunayted". De Bryuyne maydonga tushishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 sen 2018, 21:26
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening jarohati borasida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

"The Sun" xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi 11 noyabr kuni bo'ladigan Manchester derbisigacha maydonga qaytishi va uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Belgiyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohatidan keyin trenajyor zalida shug'ullanishni boshlagan.

De Bryuyne avgust oyida safdan chiqqandi. O'shanda u 3 oyni maydondan tashqarida o'tkazib yuborishi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun