
“Chelsi” va “Manchester Yunayted”dan tashqari 18 yoshli Angliya terma jamoasi o'yinchisiga “Manchester Siti” ham qiziqmoqda, deb xabar beradi The Guardian.
Manbaning xabariga ko'ra, “shaharlik”lar bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Shouga Aleksandar Kolarov va Gael Klishinnig o'rindoshi sifatida qaramoqda.
Takidlanishicha, Shou “Chelsi” klubi muxlisi sanalarkan va uning oilasi londonliklar klubining bazasi (Kobxem) yaqinida yasharkan.
Eslatib o'tamiz, mavsum yakunida “MYU” futbolchi uchun 20 million funt berishga tayyor.