

"Shaharliklar ushbu o'yinda yirik g'alabaga erishishdi. Erling Xoland dastlab 13-daqiqada penaltidan gol ura olmadi. So'ngra, 29-daqiqada o'z xatosini to'g'irlab, boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. Shuningdek Niko Gonsales (45+3 daqiqa) va Jeremi Doku (63) o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
Mezbonlarning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov qaydnomaga kiritilmadi.





