"Manchester Siti" Lautaro Martines uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
12 apr 2020, 22:50
"Manchester Siti" "Inter" hujumchisi Lautaro Martines uchun kurashadi.

Futbolchi uchun "shaharliklar"ga "Chelsi", "Real" va "Barselona" raqobat qiladi, ammo "Manchester Siti" futbolchi uchun poygada favorit ekanligi aytilmoqda. Pep Gvardiola jamoasi 97,5 million funt evaziga futbolchini sotib olishga tayyor.

"Inter" rahbariyati futbolchi keyingi mavsumda ham Milan jamoasi sharafini himoya qilishda davom etishini bir necha bor takidlagandi.

Martines bu mavsum Italiya chempionatida 22ta o'yin o'tkazib, 11ta gol urdi. Chempionlar ligasida esa 6ta o'yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 5 bor ishg'ol etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun